Xabarlar tezkor Telegram kanalimizda Obuna bo'lish ×

UFC chempioni Usmon kamarini himoya qilib, Habib Nurmagomedovdan yaxshiroq natijaga erishdi

UFC chempioni Usmon kamarini himoya qilib, Habib Nurmagomedovdan yaxshiroq natijaga erishdi

Foto: «Newsae.ru»

UFC chempionatning yarim o‘rta vazn chempioni amerikalik Kamaru Usmon hamyurti Xorxe Masvidalni mag‘lubiyatga uchratib, chempionlik sharafini himoya qildi.

Jang 25-aprelga o‘tar kechasi Jeksonvill shahrida (AQShning Florida shtati) bo‘lib o‘tdi va UFC 261 musobaqasining asosiy voqeasiga aylandi. Usmon ikkinchi raundda raqibini nokautga uchratdi. Chempion bu bilan kamarini to‘rtinchi marta muvaffaqiyatli himoya qildi.

Usmon UFC doirasida ketma-ket 14-g‘alabasini qo‘lga kiritdi va bu borada 13 marta g‘alaba qozongan rossiyalik Habib Nurmagomedovdan o‘tib ketdi. Promoushen rekordi braziliyalik Anderson Silvaga tegishli bo‘lib, u ketma-ket 16 ta jangda g‘alaba qozongan.

Usmon aralash yakkakurashlar bo‘yicha jami 20 ta jang o‘tkazgan bo‘lib, 19 marta g‘alaba qozonib, bir marta mag‘lubiyat alamini totib ko‘rgan. Masvidal esa 50 marta maydonga chiqib, ularning 35tasida g‘olib bo‘lgan va 15tasida mag‘lub bo‘lgan.

Izohlar 0

Izoh qoldirish uchun saytda ro'yxatdan o'ting

Kirish

Ijtimoiy tarmoqlar orqali kiring