Android qurilmalar uchun Xabar.uz mobil ilovasi. Yuklab olish ×
IOS qurilmalar uchun Xabar.uz mobil ilovasi. Yuklab olish ×

«Shtutgart» Shomurodov uchun 10 million yevro taklif qildi. Eldor «Rostov»dan ketadimi?

«Shtutgart» Shomurodov uchun 10 million yevro taklif qildi. Eldor «Rostov»dan ketadimi?

Foto: Sportbox.ru

«Rostov» klubi hujumchisi Eldor Shomurodovning agenti Qahhor Mo‘minov futbolchiga Germaniya chempionatidan taklif bo‘lganini ma’lum qildi.

— «Shtutgart» Eldor uchun 10 million yevro atrofida taklif qildi. SSKA ham shunga o‘xshash taklif bilan chiqqan. Bu o‘rinda hammasi «Rostov»ga bog‘liq, barchasini klub hal qiladi.

Qishki transfer vaqtida bu masalaga yana qaytishga kelishib oldik, bizda hozirdanoq takliflar bor. Ammo «Rostov» qishda Eldorni sotishi juda qiyin masala, bu o‘rinda klubni tushunsa bo‘ladi.

Men O‘zbekistonda bo‘ldim va Eldor hamda uning oilasi bilan hammasini muhokama qilib oldim. Agar yozda «Rostov» kuchli ligalardan yaxshi taklif oladigan bo‘lsa, Eldorning transferini amalga oshirishga harakat qilib ko‘ramiz.

Shomurodov «Rostov» bilan shartnoma imzolagan vaqtda aynan shunga kelishib olgan edik, — deydi Qahhor Mo‘minov.

Eslatib o‘tamiz, Eldor Shomurodov Rossiya chempionatida 12 ta o‘yinda maydonga tushib, 10 ta gol kiritgan. U 2017 yildan buyon «Rostov» sharafini himoya qilib kelmoqda.

Izohlar 0

Izoh qoldirish uchun saytda ro'yxatdan o'ting

Kirish

Ijtimoiy tarmoqlar orqali kiring