Xabarlar tezkor Telegram kanalimizda Obuna bo'lish ×

Shavkat Umrzoqov yana bir vazifani egalladi

Shavkat Umrzoqov yana bir vazifani egalladi

Toshkent shahar hokimi Shavkat Umrzoqov O‘zbekiston shaxmat federatsiyasi Toshkent shahar bo‘limi raisi  etib tayinlandi

Bugun Toshkent shahar sport boshqarmasi mas’ullari, poytaxt sport maktablarining rahbarlari hamda shaxmat bo‘yicha murabbiy-mutaxassislari ishtirokida yig‘ilish bo‘lib o‘tdi.

Unda shahrimizda shaxmat maktablarini tashkil etish va rivojlantirish, yoshlar o‘rtasida shaxmatga bo‘lgan qiziqishni oshirish masalalari muhokama qilindi. 

Shuningdek, yig‘ilishda tashkiliy masala ko‘rildi hamda hozirda Toshkent shahar hokimi sifatida faoliyat ko‘rsatib kelayotgan Shavkat Umrzoqov O‘zbekiston shaxmat federatsiyasi Toshkent shahar bo‘limi raisi etib saylandi.

Shu bilan birga O‘zbekiston shaxmat federatsiyasi Toshkent shahar bo‘limi raisining o‘rinbosarlari,  ijrochi direktori hamda kotibi saylandi.

Izohlar 0

Izoh qoldirish uchun saytda ro'yxatdan o'ting

Kirish

Ijtimoiy tarmoqlar orqali kiring