Android qurilmalar uchun Xabar.uz mobil ilovasi. Yuklab olish ×
IOS qurilmalar uchun Xabar.uz mobil ilovasi. Yuklab olish ×

Senegal terma jamoasi sobiq futbolchisi 42 yoshida vafot etdi

Senegal terma jamoasi sobiq futbolchisi 42 yoshida vafot etdi

Foto: «Izvestiya»

Futbol bo‘yicha Senegal terma jamoasining sobiq yarimhimoyachisi Papa Buba Diop 42 yoshida vafot etdi, deya xabar berdi «Mirror».

Sportchi periferik nerv tizimini ishdan chiqaruvchi Sharko-Mari-Tut xastaligiga chalingan edi.

Papa Buba Diop o‘z faoliyati davomida «Fulhem», «Portsmut», «Vest Hem», «Lans» kabi klublarda to‘p surgan.

Papa Buba Diop Senegal terma jamoasi safida 63 o‘yin o‘tkazib, 11 ta gol urgan. Futboldagi faoliyatini 2013-yilda yakunlagan edi.

2002-yilgi jahon chempionatida aynan u kiritgan gol evaziga senegalliklar amaldagi jahon chempioni — Fransiya terma jamoasini sensatsion tarzda mag‘lub etishgandi. O‘sha mashhur o‘yin, o‘sha ajoyib golni esga olamiz:

Izohlar 0

Izoh qoldirish uchun saytda ro'yxatdan o'ting

Kirish

Ijtimoiy tarmoqlar orqali kiring