Android qurilmalar uchun Xabar.uz mobil ilovasi. Yuklab olish ×
IOS qurilmalar uchun Xabar.uz mobil ilovasi. Yuklab olish ×

Ronalduning natijasi Ginnesning rekordlar kitobiga kirdi

Ronalduning natijasi Ginnesning rekordlar kitobiga kirdi

Mashhur futbolchi Krishtianu Ronalduning yana bir natijasi Ginnesning rekordlar kitobiga kirdi.

Futbolchiga rekord natija qayd etilgan diplom Yevro-2024 saralashi doirasida Islandiyaga qarshi yubiley o‘yini oldidan topshirildi.

38 yoshli Krishtianu Ronaldu terma jamoa safida 200 ta rasmiy o‘yin o‘tkazgan tarixdagi birinchi futbolchi bo‘ldi. Bu natija jahon rekordiga aylandi va Ginnesning rekordlar kitobiga kiritildi.

Darvoqe, Ronaldu ushbu natijani gol bilan nishonladi. Aynan uning goli evaziga Portugaliya g‘alaba qozondi.

Izohlar 0

Izoh qoldirish uchun saytda ro'yxatdan o'ting

Kirish

Ijtimoiy tarmoqlar orqali kiring