Android qurilmalar uchun Xabar.uz mobil ilovasi. Yuklab olish ×
IOS qurilmalar uchun Xabar.uz mobil ilovasi. Yuklab olish ×

Romelu Lukaku Italiya chempionatiga qaytish harakatida

Romelu Lukaku Italiya chempionatiga qaytish harakatida

Foto: «Sportbox»

«Chelsi» (Angliya)ning 29 yoshli belgiyalik taran markaziy forvardi Romelu Lukaku kelayotgan yozgi transfer oynasida Italiya chempionatiga qaytmoqchi. Bu haqda 27-may kuni «Corriere dello Sport» nashri xabar berdi.

Manbaga ko‘ra, Lukakuning agenti Federiko Pastorello uni Italiyaga qaytarish uchun bor kuchini sarflamoqchi.

Ortda qolgan mavsumda Lukaku «Chelsi» libosida 42 o‘yin o‘tkazib, 13 ta goli va bitta sariq kartochkasi bilan esda qoldi, xolos — «Inter»dagi kabi porlay olmadi.

Romelu Lukaku Milanning «Inter»idan «Chelsi»ga 113 million yevro evaziga o‘tgan, 2021-yil 12-avgustidan beri londonliklar sharafini himoya qilib kelmoqda. Ayni paytda hujumchining transfer qiymati (Transfermarkt bahosi) 85 million yevroni tashkil etadi.

Izohlar 0

Izoh qoldirish uchun saytda ro'yxatdan o'ting

Kirish

Ijtimoiy tarmoqlar orqali kiring