Android qurilmalar uchun Xabar.uz mobil ilovasi. Yuklab olish ×
IOS qurilmalar uchun Xabar.uz mobil ilovasi. Yuklab olish ×

«Real» «Bavariya»dan g‘alabani tortib oldi

«Real» «Bavariya»dan g‘alabani tortib oldi

Yevropa Chempionlar Ligasining ikkinchi yarim finalida «Real» o‘z maydonida «Bavariya»ni qabul qildi.

Uchrashuvda 68-daqiqaga kelib hisob ochildi. Mehmonlar vakili Devis supergol muallifi bo‘ldi. Ushbu hisob nemislar jamoasini finalga chiqarishi mumkin edi. Tuxel hisobni ushlash uchun uchrashuv oxirlarida hujumkor futbolchilar o‘rnini himoyaviylari bilan almashtirdi.

So‘nggi daqiqalarda to‘liq himoyaga yotib olgan Myunxen jamoasini «Real» jazoladi. Zaxiradan tushirilgan Xoselu 88 va 90+1-daqiqalarda dublga erishib, «qirollik klubi»ni finalga olib chiqdi. 

Real — Bavariya 2:1
Gollar: Xoselu (88, 90+1) — Devis (68).

Real – Lunin, Karvaxal, Nacho, Ryudiger, Mendi, Valverde (Xoselu, 81), Bellinghem (Militao, 90+10), Kroos (Modrich, 69), Chuameni (Kamavinga, 70), Vinisius Junior, Rodrigo (Braim Dias, 81).

Bavariya – Noyer, Dayer, de Ligt, Mazraui, Pavlovich, Laymer, Kimmix, Sane (Kim Min Chje, 76), Musiala (Myuller, 84), Keyn (Shupo-Moting, 85), Gnabri (Devis, 27).

Ogohlantirish: Kamavinga (90+10).

Birinchi uchrashuv — 2:2

Endi Anchelotti jamoasi 1 iyunda bo‘lib o‘tadigan finalda Germaniyaning boshqa bir jamoasi «Borussiya D» bahs olib boradi. Bellashuv Londondagi «Uembli» stadionida bo‘lib o‘tadi. 

Izohlar 0

Izoh qoldirish uchun saytda ro'yxatdan o'ting

Kirish

Ijtimoiy tarmoqlar orqali kiring