Xabarlar tezkor Telegram kanalimizda Obuna bo'lish ×

«Real», «Barselona» va «Yuventus» Chempionlar ligasidan chetlashtiriladi — «La Repubblica»

«Real», «Barselona» va «Yuventus» Chempionlar ligasidan chetlashtiriladi — «La Repubblica»

Foto: «FootBoom»

Kataloniyaning «Barselona», Madridning «Real» va Turinning «Yuventus» klublari, Superliga tarkibidan chiqishni rad etishgani bois, Yevropa Chempionlar ligasidan diskvalifikatsiya qilinadi. Ushbu qaror 6-iyunga qadar qabul qilinishi haqida «La Repubblica» xabar berdi.

Eslatib o‘tamiz, 19-aprelga o‘tar kechasi Superliga tuzilishi haqida Angliyaning «Manchester Yunayted», «Liverpul», «Manchester Siti», «Arsenal», «Chelsi» va «Tottenhem», Ispaniyaning «Barselona», «Real» va «Atletiko», Italiyaning «Inter», «Milan» va «Yuventus» jamoalari bayonot berishgandi. Biroq bir necha kun davomida, bir tomondan UEFA, ikkinchi tomondan o‘z muxlislarining qattiq qarshiligiga to‘qnash kelgan bu klublarning aksariyati turnirni tark etishni boshladi.

Turnirni tark etishni istamagan «Barselona», «Real» va «Yuventus» vakillari esa raqobat qoidalarini buzishda ayblab UEFAni Yevropa ittifoqi sudiga bergandi.

Izohlar 0

Izoh qoldirish uchun saytda ro'yxatdan o'ting

Kirish

Ijtimoiy tarmoqlar orqali kiring