Xabarlar tezkor Telegram kanalimizda Obuna bo'lish ×

Qatar Olimpiya o‘yinlarini o‘tkazadi

Qatar Olimpiya o‘yinlarini o‘tkazadi

Foto: Tourprom

2036-yilgi Yozgi Olimpiada Qatar poytaxti Dohada o‘tkaziladi, bu haqda Relevo portali xabar berdi.

Manbaga ko‘ra, qatarliklar Xalqaro olimpiya qo‘mitasi bilan muzokaralarni yakunlash arafasida, tez orada yakuniy nuqta qo‘yiladi.

Ammo rasmiy bayonot 2026-yilda berilishi aytilmoqda. Qatardan tashqari, 2036-yilda Olimpiya o‘yinlarini o‘tkazishga Saudiya Arabistoni, Ispaniya, Indoneziya, Chili, Hindiston va Germaniya da’vogar edi.

Ma’lumki, Qatar 2022-yilda futbol bo‘yicha jahon chempionatiga mezbonlik qilgandi.

Izohlar 0

Izoh qoldirish uchun saytda ro'yxatdan o'ting

Kirish

Ijtimoiy tarmoqlar orqali kiring