Android qurilmalar uchun Xabar.uz mobil ilovasi. Yuklab olish ×
IOS qurilmalar uchun Xabar.uz mobil ilovasi. Yuklab olish ×

Professional bokschilarimizning WBA reytingidagi o‘rni o‘zgardi

Professional bokschilarimizning WBA reytingidagi o‘rni o‘zgardi

Butunjahon boks assotsiatsiyasi (WBA) avgust oyi yakuniga ko‘ra yangilangan reytingini e’lon qildi.

Ko‘pchilik bokschilar 1 pog‘onadan pastlaganini sababi, reytingdan yuqorida turuvchi ikkinchi darajali chempionlik kamarlari bekor qilinmoqda va Gold kamari egasi ham reytingga qaytarildi. Shuning hisobiga ba’zi vaznlarda pastlash ko‘zga tashlandi.

Xususan, super yarim o‘rta vazn toifasida (-69,8 kg) Isroil Madrimov 1 pog‘ona pastlab, 2-o‘ringa joylashdi.

Super yengil vaznda (-63,5 kg) faoliyat olib borayotgan Shahram G‘iyosov va Shohjahon Ergashev ham mos ravishda 5 va 8-o‘ringa tushgan.

Birinchi o‘ta yengil vazn toifasida (-48,9 kg) Hasanboy Do‘smatov o‘tgan oydagi kabi 3-pog‘onani saqlab qoldi.

Ushbu reytingdan boshqa bokschilarimiz o‘rin olmagan.

Izohlar 0

Izoh qoldirish uchun saytda ro'yxatdan o'ting

Kirish

Ijtimoiy tarmoqlar orqali kiring