Android qurilmalar uchun Xabar.uz mobil ilovasi. Yuklab olish ×
IOS qurilmalar uchun Xabar.uz mobil ilovasi. Yuklab olish ×

Prezident farmoni: O‘zbekistonda totalizatorlarga ruxsat beriladi (video)

Prezident farmoni: O‘zbekistonda totalizatorlarga ruxsat beriladi (video)

O‘zbekiston Prezidenti Shavkat Mirziyoyev «O‘zbekistonda futbolni rivojlantirishni yangi bosqichga olib chiqish chora-tadbirlari to‘g‘risida»gi farmonni imzoladi. Bu haqda «O‘zbekiston» telekanalining «Axborot» dasturida ma’lum qilindi, deb xabar bermoqda «Daryo».

Farmonda yangi stadionlar qurish, futbol maktablarini tashkil etish, futbolni ommalashtirish, yagona elektron chipta sotish tizimini tatbiq etish va boshqa ko‘plab tadbirlar qatorida bukmekerlik kontoralari (totalizatorlar) haqida ham so‘z boradi.

Xususan, Kapital bozorini rivojlantirish agentligidan litsenziya olish orqali bukmekerlik faoliyatiga ruxsat beriladi. O‘zbekiston futbol assotsiatsiyasi yuridik bo‘limi boshlig‘i Dilshod Norqobilovning aytishicha, totalizatorlarga 2021-yil 1-yanvardan ruxsat beriladi.

Avvalroq ushbu farmon loyihasi jamoatchilik muhokamasi uchun e’lon qilingan edi.

Izohlar 0

Izoh qoldirish uchun saytda ro'yxatdan o'ting

Kirish

Ijtimoiy tarmoqlar orqali kiring