Osiyo o‘yinlari-2025 mezbonligi O‘zbekistondan olib qo‘yildi
2025 yili Toshkentda bo‘lib o‘tishi kerak bo‘lgan yoshlar o‘rtasidagi Osiyo o‘yinlari mezbonligi O‘zbekistondan olinib, Bahraynga topshirildi. Osiyo Olimpiya kengashi bu haqda rasman ma’lum qildi.
«Osiyo Olimpiya kengashi O‘zbekiston mezbonligida Toshkentda o‘tkazilishi rejalashtirilgan Yoshlar o‘rtasidagi 3-Osiyo o‘yinlari 2025 yilda Bahraynda o‘tkazilishini ma’lum qiladi. Bugun, 2 dekabr kuni o‘tkazilgan tashkilot ijroi qo‘mitasi yig‘ilishida bu haqdagi qaror qabul qilindi», — deyiladi Osiyo Olimpiya kengashi rasmiy axborotida.
Kutilmagan ushbu qarorga nima sabab bo‘lgani izohlanmagan.
Eslatib o‘tamiz, mazkur musobaqani o‘tkazish uchun Toshkentda Olimpiya shaharchasi qurilayotgandi.
Izoh qoldirish uchun saytda ro'yxatdan o'ting
Kirish
Ijtimoiy tarmoqlar orqali kiring
FacebookTwitter