Android qurilmalar uchun Xabar.uz mobil ilovasi. Yuklab olish ×
IOS qurilmalar uchun Xabar.uz mobil ilovasi. Yuklab olish ×

«Oltin yoshlar»: 21 yoshgacha bo‘lgan eng qimmat futbolchilar reytingi

«Oltin yoshlar»: 21 yoshgacha bo‘lgan eng qimmat futbolchilar reytingi

Kollaj: «Sport-Ekspress»

«PSJ» va Fransiya terma jamoasi hujumchisi Kilian Mbappe 21 yoshgacha bo‘lgan eng qimmat futbolchilar reytingini («Forbes») boshqarmoqda.

21 yoshli Mbappening hozirgi narxi — 182,3 million yevro.

Kilian Mbappe. Foto: «RT»

«Forbes» reytingini tuzishda Transfermarkt, CIES va amalga oshirilgan transfer bitimlari ma’lumotlaridan foydalanilgan.

Joau Felish. Foto: «Reuters»

Portugaliyalik 20 yoshli hujumchi («Atletiko», Madrid) Joau Felish ikkinchi o‘rinda  — 104 mln. yevro.

Kay Xaverts. Foto: «Reuters»

Uchinchi o‘rinda germaniyalik yarimhimoyachi («Chelsi», London) Kay Xaverts — 98 mln. yevro.

21 yoshgacha bo‘lgan eng qimmat futbolchilar (TOP-10)

  1. Kilian Mbappe («PSJ», Fransiya) — 183,3 mln. yevro
  2. Joau Felish («Atletiko», Portugaliya) — 104 mln. yevro
  3. Kay Xaverts («Chelsi», Germaniya) — 98 mln. yevro
  4. Alfonso Devis («Bavariya», Kanada) — 88,3 mln. yevro
  5. Matteys de Ligt («Yuventus», Niderlandiya) — 86,8 mln. yevro
  6. Jeydon Sancho («Borussiya» Dortmund, Angliya) — 86,8 mln. yevro
  7. Erling Holand («Borussiya» Dortmund, Norvegiya) — 68,3 mln. yevro
  8. Ashraf Hakimi («Inter», Marokash) — 66,3 mln. yevro
  9. Viktor Osimxen («Napoli», Nigeriya) — 63 mln. yevro
  10. Ferran Torres («Manchester Siti», Ispaniya) — 57,7 mln. yevro.
Izohlar 0

Izoh qoldirish uchun saytda ro'yxatdan o'ting

Kirish

Ijtimoiy tarmoqlar orqali kiring