Oksana Chusovitina bronza medali sohibi bo‘ldi
Sport gimnastikasi bo‘yicha Jahon kubogining ilk bosqichi hamyurtlarimiz uchun muvaffaqiyatli o‘tmoqda. Bugungi kun dasturidan o‘rin olgan finallarda yurtdoshlarimiz 1 tadan oltin va bronza medallarga sazovor bo‘lishdi.
O‘zining sevimli ot ustida mashq dasturida qatnashgan Abdulla Azimov 14.866 ball bilan eng yuqori ochkoni jamg‘arishga erishdi va oltin medalni qo‘lga kiritdi. Qayd etish joiz, bu Azimov uchun Jahon kuboklaridagi birinchi muvaffaqiyat hisoblanadi.
Shuningdek, Oksana Chusovitina tayanib sakrash dasturida sovrindorlar qatoridan joy oldi. Chusovitina ushbu mashqda 13.016 ball bilan bronza medali sohibi bo‘ldi. Dildora Aripovaning mazkur dasturdagi chiqishini hakamlar 12.416 ball bilan baholashdi va bu finalchilar orasidagi sakkizinchi ko‘rsatkich sifatida qayd etildi. Aripova ertaga to‘sindagi mashqda medallar uchun kurashadi.
Izoh qoldirish uchun saytda ro'yxatdan o'ting
Kirish
Ijtimoiy tarmoqlar orqali kiring
FacebookTwitter