Xabarlar tezkor Telegram kanalimizda Obuna bo'lish ×

Odil Ahmedov markaziy himoyada o‘ynayotganidan norozimi?

Odil Ahmedov markaziy himoyada o‘ynayotganidan norozimi?

Foto: Xabar.uz

O‘zbekiston milliy terma jamoasi sardori Odil Ahmedov markaziy himoyada o‘ynayotgani haqidagi savolga javob berdi.

— Saudiya Arabistoniga qarshi juda muhim o‘yin bo‘lib o‘tadi. Muxlislarga murojaatim — stadionga kelinglar va bizni qo‘llab-quvvatlanglar.

— Vadim Abramov sizni yana himoyaga qaytardi. Bundan o‘zingizni noqulay his qilmayapsizmi?
— Yo‘q, markaziy himoyada o‘ynab, o‘zimni noqulay his qilganim yo‘q. Chunki bu pozitsiyada birinchi marta o‘ynamayapman. Avval ham o‘ynaganman. Hammasi joyida, — dedi Odil Ahmedov.

Eslatib o‘tamiz, 2011 yilda Qatarda bo‘lib o‘tgan Osiyo chempionatida Odil Ahmedov markaziy himoyachi sifatida ishtirok etgan edi. O‘sha musobaqada O‘zbekiston milliy terma jamoasi yarim finalga qadar yetib borgan edi.

 

Izohlar 0

Izoh qoldirish uchun saytda ro'yxatdan o'ting

Kirish

Ijtimoiy tarmoqlar orqali kiring