Android qurilmalar uchun Xabar.uz mobil ilovasi. Yuklab olish ×
IOS qurilmalar uchun Xabar.uz mobil ilovasi. Yuklab olish ×

Nodirbek jamoamizni qiyin vaziyatdan olib chiqdi

Nodirbek jamoamizni qiyin vaziyatdan olib chiqdi

Butunjahon shaxmat olimpiadasida 8-tur bellashuvlari yakuniga yetdi.

Erkaklar terma jamoamiz Serbiyani 2,5 : 1,5 hisobida mag‘lub etishdi. Nodirbek Abdusattorov qiyin bahsda jamoa lideri ekanini isbotladi va raqibini taslim bo‘lishga majbur qila oldi.

Qizlarimiz esa 0,5 : 3,5 hisobida AQShga yutqazishdi.

Erkaklar:

O‘zbekiston - Serbiya 2,5 : 1,5

Nodirbek Abdusattorov - Aleksandr Predke 1:0

Nodirbek Yakubboyev - Aleksey Sarana 0,5 : 0,5

Javohir Sindarov - Aleksandr Injich 0,5 : 0,5

Shamsiddin Vohidov - Velemir Ivich 0,5 : 0,5

Ayollar:

O‘zbekiston - AQSh 0,5 : 3,5

Afro‘za Hamdamova - Karissa Yip 0:1

Nilufar Yakubboyeva - Irina Krush 0:1

Umida Omonova - Alise Li 0:1

Nodira Nodirjonova - Anna Zatonskix 0,5 : 0,5

O‘zbekiston erkaklar terma jamoasi 8 ta turdan so‘ng 14 ta ochko jamg‘argan holda ikkinchi o‘rinni egallab turibdi. 

Birinchi o‘rinni hali mag‘lubiyat va murosa nimaligini bilmay kelayotgan Hindiston 16 ochko bilan band etgan. Mezbon Vengriya ham biz kabi 14 ochkoga ega. 

Izohlar 0

Izoh qoldirish uchun saytda ro'yxatdan o'ting

Kirish

Ijtimoiy tarmoqlar orqali kiring