Xabarlar tezkor Telegram kanalimizda Obuna bo'lish ×

Murodjon Ahmadaliyev amerikalik bokschiga qarshi jang o‘tkazadi

Murodjon Ahmadaliyev amerikalik bokschiga qarshi jang o‘tkazadi

Professional boksning birinchi yarim yengil vazn toifasida (-55,3 kg) WBA va IBF jahon chempionlik kamarlari egasi o‘zbekistonlik Murodjon Ahmadaliyev (9-0, 7 KO) o‘zining navbatdagi jangini WBA yo‘nalishida majburiy davogar amerikalik Ronni Riosga (33-3, 16 KO) qarshi o‘tkazadi.

Butunjahon boks assotsiatsiyasi (WBA) jangga buyruq bergan va muzokaralar uchun 30 kunlik muddat qo‘ygan edi. Mazkur davrda tomonlar o‘rtasida o‘zaro kelishuvga erishilmadi. Endilikda WBA tomonidan jangni o‘tkazish xuquqini sotib olish uchun 24 may kuniga ochiq promouterlik auksioni e’lon qilindi.

Jang tashkilotchiligini qo‘lga kiritmoqchi bo‘lgan kompaniya uchun minimun 150 ming dollar boshlang‘ich to‘lov sifatida belgilandi. Bu mablag‘ning 75 foizi chempion uchun, 25 foizi da’vogar uchun gonarar sifatida beriladi.

Agarda Ronni Rios va Murodjon Ahmadaliyevning promouterlik kompaniyalari Golden Boy va Matchroom ushbu kunga qadar kelishuvga erishsa, auksion bekor qilinadi.

Izohlar 0

Izoh qoldirish uchun saytda ro'yxatdan o'ting

Kirish

Ijtimoiy tarmoqlar orqali kiring