Android qurilmalar uchun Xabar.uz mobil ilovasi. Yuklab olish ×
IOS qurilmalar uchun Xabar.uz mobil ilovasi. Yuklab olish ×

Mobiuz yoshlarni professional sportga qadam qo‘yishda qo‘llab-quvvatlamoqda

Mobiuz yoshlarni professional sportga qadam qo‘yishda qo‘llab-quvvatlamoqda

Mobil operator «Olympic Mobiuz» futbol klubining Bosh homiysiga aylandi. Ushbu klub negizida 2028 yilgi yozgi Olimpiya o‘yinlariga tayyorgarlik olib borilmoqda.

«O, sport! Sen taraqqiyotsan! Siz tabiatning eng go‘zal ijodi bo‘lmish insonning kamolotiga hissa qo‘shasan», deb 1912 yilda yozgan edi zamonaviy Olimpiya o‘yinlari asoschisi Per de Kuberten. Sport salomatlikni mustahkamlaydi, xarakterni rivojlantiradi, insonni kuchli va chidamli qiladi.

Ayniqsa, sport va jismoniy tarbiyaga mehr-muhabbatni o‘sib kelayotgan yosh avlodda shakllantirish katta ahamiyatga ega. O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining «Ommaviy va professional futbolni har tomonlama rivojlantirishning qo‘shimcha chora-tadbirlari to‘g‘risida»gi qarori ham ana shu maqsadni amalga oshirishga qaratilgan.

Mobiuz mobil operatori olimpiya sport turlarini rivojlantirish, malakali sportchilarni tayyorlash, iqtidorli yoshlarni qo‘llab-quvvatlash borasidagi davlat siyosatida faol ishtirok etmoqda. Mobiuz Milliy Olimpiya qo‘mitasi va O‘zbekiston futbol assotsiatsiyasi bilan birgalikda «Olympic Mobiuz» futbol klubiga bosh homiylik ko‘rsatish loyihasini amalga oshirmoqda.

«Olympic Mobiuz» Milliy Olimpiya qo‘mitasi qoshida tashkil etilgan futbol jamoasi bo‘lib, joriy yilda O‘zbekiston Pro-ligasida debyut qildi. Uning tarkibida 2005-2007 yillarda tug‘ilgan futbolchilar o‘ynaydi. Jamoa negizida olimpiya terma jamoasini shakllantirish uchun futbolchilar tarbiyalanadi. Bundan tashqari, «Olympic Mobiuz»ning 11 nafar futbolchilari U20 yoshlar terma jamoasiga kiritilgan.

«Olympic Mobiuz»ning maqsadi nafaqat Pro-ligada faol ishtirok etish va keyingi mavsumlarda O‘zbekiston Superligasiga chiqish, balki futbolchilarni 2028 yilda Los-Anjelesda (AQSh) bo‘lib o‘tadigan yozgi Olimpiada o‘yinlariga tayyorlashdir.

«Futbol – O‘zbekistonda eng ommabop va keng tarqalgan sport turlaridan biri. Biz yoshlarning kamol topishi va yangi marralarni zabt etishi, mamlakatimizda yosh iste’dodlarni kashf etish, O‘zbekistonni xalqaro maydonda namoyon etish uchun professional sportchilarni qo‘llab-quvvatlash imkoniyatiga ega bo‘lganimizdan juda xursandmiz. Umid qilamizki, homiylik yordami tufayli «Olympic Mobiuz» va u tarbiyalayotgan futbolchilar shon-shuhrat Olimpiga yetib boradi», dedi loyiha rahbari, Mobiuz mobil operatori matbuot kotibi Sardor Tojiyev.

«Biz O‘zbekistondagi yetakchi uyali aloqa operatorlaridan biri Mobiuz bilan uzoq muddatli hamkorlikni boshlaganimizdan mamnunmiz. Korxona tomonidan ko‘rsatilayotgan moddiy-texnik ta’minot yoshlarning salohiyatini maksimal darajada namoyon qilishga turtki bo‘lib, katta mas’uliyat yuklaydi. Umid qilamanki, klubimiz iqtidorli futbolchilarga sport faoliyatida tramplin bo‘lib qoladi», — deydi «Olympic Mobiuz» futbol klubi direktori Jamol Yo‘ldoshev.

«Olympic Mobiuz»ning uy stadioni Toshkentdagi «JAR» sport-sog‘lomlashtirish majmuasi hisoblanadi. Jamoaning uy va mehmon liboslari Mobiuz korporativ ranglarida – mos ravishda qizil va oq rangda tayyorlangan.

«Olympic Mobiuz» jamoasi faoliyatini klubning Telegram-kanalida kuzatib borishingiz mumkin.

Izohlar 0

Izoh qoldirish uchun saytda ro'yxatdan o'ting

Kirish

Ijtimoiy tarmoqlar orqali kiring