Xabarlar tezkor Telegram kanalimizda Obuna bo'lish ×

Masofani saqlamagan muxlislarga dubinkalar bilan «tarbiyaviy soat» o‘tildi

Masofani saqlamagan muxlislarga dubinkalar bilan «tarbiyaviy soat» o‘tildi

Foto: Lars Poulsen

Daniyada futbol bo‘yicha mamlakat kubogi final uchrashuvida dubinkalar ham ishga tushdi.

Finalchilar — «Olborg» va «Senneryyusk» klublariga 725 tadan chipta tarqatilgan, biroq koronavirus tarqab ketmasligi uchun muxlislar oraliq masofaga qat’iy rioya qilishlari shartligi jamoalar mutasaddilariga uqtirilgandi. Fanat baribir fanat-da... Stadionga kelgan «Olborg» muxlislari o‘yinning hayajonli daqiqalarida o‘zlarini tutib tura olishmadi...

Olborgliklar stadionda o‘ta zichlashib ketgani boisidan 30-daqiqadayoq o‘yin to‘xtatildi. Avvaliga klublar vakillari ularni insofga chaqirishga urinib ko‘rishdi. Keyin tartibbuzarlar stadiondan kuch ishlatib olib chiqildi. Tashqarida bo‘ysunmaganlarga qarshi dubinkalar ishga tushdi...

Eng qizig‘i, taxminan 15 daqiqalik «tarbiyaviy ishlar»dan so‘ng politsiyachilar muxlislarni yana qaytarib stadionga olib kirib, imkon qadar masofani saqlagan holda bir-birlariga yaqin joyga o‘tqazib qo‘yishgan. O‘yin esa kelgan joyidan davom ettirilgan. Shu kuni «Senneryyusk» 2:0 hisobida g‘alaba qozonib, o‘z tarixida birinchi marta Daniya kubogini qo‘lga kiritganini hisobga olmaganda, boshqa esda qolarli voqea yuz bermagan.

Izohlar 0

Izoh qoldirish uchun saytda ro'yxatdan o'ting

Kirish

Ijtimoiy tarmoqlar orqali kiring