Xabarlar tezkor Telegram kanalimizda Obuna bo'lish ×

«Manchester Yunayted» futbolchilarida ham koronavirus aniqlandi

«Manchester Yunayted» futbolchilarida ham koronavirus aniqlandi

Angliyaning «Manchester Yunayted» jamoasi futbolchilari va xodimlarida koronavirus infeksiyasi aniqlandi. Bu haqda The Athletic nashri xabar berdi.

Xabarga ko‘ra, mashg‘ulotlarda futbolchilar alohida shug‘ullanishgan. Virus aniqlangan o‘yinchilarga uyiga javob berilgan. Lekin «Norvich»ga qarshi o‘yinga borgan barcha futbolchi va xodimlarda testlar manfiy ko‘rsatgan.

Hozircha APL 17-turidan o‘rin olgan «Brentford» - «Manchester Yunayted» o‘rtasidagi o‘yin o‘tkazilishi so‘roq ostida turibdi.

Yaqinda «Tottenxem» klubi o‘yinchilari va xodimlarida ham koronavirus yuqtirish holati kuzatilgandi. Oqibatda londonliklar Yevropa konferensiyalar ligasidagi yurishini to‘xtatishgan, ularga texnik mag‘lubiyat yozilgan.

Shuningdek, Angliya chempionatidagi «Tottenxem» ishtirok etishi kerak bo‘lgan barcha o‘yinlar hozircha noma’lum muddatga qoldirilgan.

Izohlar 0

Izoh qoldirish uchun saytda ro'yxatdan o'ting

Kirish

Ijtimoiy tarmoqlar orqali kiring