Android qurilmalar uchun Xabar.uz mobil ilovasi. Yuklab olish ×
IOS qurilmalar uchun Xabar.uz mobil ilovasi. Yuklab olish ×

JCh-2030 final o‘yini «Santyago Bernabeu»da o‘tadi — Marca

JCh-2030 final o‘yini «Santyago Bernabeu»da o‘tadi — Marca

Futbol bo‘yicha 2030-yilgi jahon chempionatiga uch mamlakat — Ispaniya, Portugaliya va Marokash mezbonlik qiladi. Turnirning final o‘yini Madridda, «Real»ning uy stadionida o‘tkaziladi, deb yozdi Marca.

JCh-2030 bosh o‘yini o‘tkazilishi masalasi oydinlashgan, mashhur «Santyago Bernabeu» — mezbon. Biroq yakuniy va rasmiy javobni FIFA beradi, deb yozdi nashr.

Ispaniya futbol uyushmasi (sobiq) prezidenti Luis Rubiales mashmashasi chiqqanidan so‘ng FIFA final o‘yini Madridda o‘tkazilishiga qarshi chiqqandi.

Ammo qirollik klubi va FIFA o‘rtasidagi a’lo munosabatlar nuqtai nazaridan, masala hal bo‘lgan, deb hisoblash mumkin.

Shu oyning oxiriga qadar JCh-2030 mezbonlari bo‘lg‘usi mundial stadionlari to‘liq ro‘yxatini taqdim etishi kerak.

Izohlar 0

Izoh qoldirish uchun saytda ro'yxatdan o'ting

Kirish

Ijtimoiy tarmoqlar orqali kiring