Xabarlar tezkor Telegram kanalimizda Obuna bo'lish ×

JCh-2026 saralashida O‘zbekiston Eron bilan bir guruhga tushdi

JCh-2026 saralashida O‘zbekiston Eron bilan bir guruhga tushdi

Bugun, 27 iyul kuni OFKning Kuala-Lumpurdagi bosh qarorgohida 2026 yilgi jahon chempionati va 2027 yilgi Osiyo kubogi turniri qo‘shma saralash bosqichiga qur’a tashlash marosimi bo‘lib o‘tdi. 

Unga ko‘ra, O‘zbekiston milliy jamoasi 2-bosqichda Ye guruhida Eron, Turkmaniston va Gongkong/Butan juftligi g‘olibi bilan bahs olib boradigan bo‘ldi. 

Terma jamoamiz dastlabki o‘yinini 16 noyabr kuni Turkmanistonga qarshi safarda o‘tkazadi. 21 noyabr kuni bo‘ladigan ikkinchi turda Eron O‘zbekistonga keladi.

Har bir guruhdan 1-2-o‘rinlarni egallagan jamoalar 3-saralash bosqichiga yo‘l oladi.

Izohlar 0

Izoh qoldirish uchun saytda ro'yxatdan o'ting

Kirish

Ijtimoiy tarmoqlar orqali kiring