Xabarlar tezkor Telegram kanalimizda Obuna bo'lish ×

Jahon chempionatida o‘smirlarimizga teng keladigani topilmadi

Jahon chempionatida o‘smirlarimizga teng keladigani topilmadi

Saudiya Arabistonining Ar-Riyod shahrida qilichbozlik bo‘yicha o‘tkazilgan jahon chempionatida O‘zbekiston terma jamoasining qilichbozlari eng yaxshi natijaga erishdi.

Abdukarimbekov Sardor jahonning eng zo‘r qilichbozlari bilan keskin kurash olib borib, kadetlar o‘rtasidagi jahon chempionatida oltin medalni qo‘lga kiritdi.

Yana bir vakilimiz Urakbayev Alpamis finalda jamoadagi hamyurtiga imkoniyatni boy berib, jahon chempionatining kumush medali sovrindori bo‘ldi.

Qizlar o‘rtasida Fernanda Errera va Jaksibayeva Nargiza bronza medallarini qo‘lga kiritdi.

Ta’kidlash joizki, qilichbozlik bo‘yicha ushbu jahon chempionatida 130 dan ortiq davlatlardan sportchilar ishtirok etishdi.

Izohlar 0

Izoh qoldirish uchun saytda ro'yxatdan o'ting

Kirish

Ijtimoiy tarmoqlar orqali kiring