Android qurilmalar uchun Xabar.uz mobil ilovasi. Yuklab olish ×
IOS qurilmalar uchun Xabar.uz mobil ilovasi. Yuklab olish ×

Habib Nurmagomedovning menejeri koronavirus bilan kasallandi

Habib Nurmagomedovning menejeri koronavirus bilan kasallandi

Habib Nurmagomedov va Ali Abdulaziz.

Foto: «Sport RIA Novosti»

Ultimate Fighting Championship (UFC)ning yengil vaznda chempioni Habib Nurmagomedovning menejeri Ali Abdulaziz COVID-19 bilan kasallandi. «Vesti» xabariga ko‘ra, bu haqda uning o‘zi «Instagram»da yozdi:

«Do‘stlar, hamkasblar, menga COVID-19 tashxisini qo‘yishdi, hozir kasalxonada davolanyapman. Buni yozishdan maqsadim shuki, men bilan yaqin muloqotda bo‘lgan barcha ehtiyot choralarini ko‘rsin».

Eslatib o‘tamiz, Habib Nurmagomedov bugun, 24-oktyabr kuni o‘z chempionlik kamarini uchinchi marta himoya qilish uchun amerikalik Jastin Getjiga qarshi jang o‘tkazadi. Musobaqa Toshkent vaqti bilan 19:30 da boshlanadi. Asosiy janglar taxminan 23:00 dan start oladi.

Izohlar 0

Izoh qoldirish uchun saytda ro'yxatdan o'ting

Kirish

Ijtimoiy tarmoqlar orqali kiring