Xabarlar tezkor Telegram kanalimizda Obuna bo'lish ×

Yevro-2024. Shveysariya Italiyani oson yengib, chorakfinalga chiqdi

Yevro-2024. Shveysariya Italiyani oson yengib, chorakfinalga chiqdi

Foto: Evening Standard

Bugundan futbol bo‘yicha Yevropa chempionatida pley-off bosqichi boshlandi.

1/8 finalning dastlabki uchrashuvida Shveysariya amaldagi chempion Italiyani uyiga qaytarib yubordi. Italyanlar juda sust o‘ynashdi, shveysariyaliklar, hech mubolag‘asiz, turnirdagi eng oson o‘yinni o‘tkazishdi.

1/4 finalda Angliya – Slovakiya o‘yini g‘olibi Shveysariyaga raqib bo‘ladi.

Yevro-2024. 1/8 final

Shveysariya — Italiya 2:0

29-iyun, «Olimpiashtadion»

Gollar: Froyler (37), Vargas (46).

Shveysariya: Zommer, Rodriges, Sher, Akanji, Ebisher (Shtefan, 90+2), Jaka, Froyler, Vargas (Suber, 71), Rider (Stergiu, 71), Ndoye (Siyerro, 77), Embolo (Dua, 77).

Italiya: Donnarumma, Di Lorenso, Manchini, Bastoni, Darmian (Kambiyazo, 75), Kristante (Pellegrini, 75), Barella (Retegi, 64), Fajioli (Frattezi, 86), El Shaaravi (Zakkani, 46), Keza, Skamakka.

Ogohlantirishlar: Barella (35), El Shaaravi (45), Manchini (57).

Bugun oqshom (soat 23:59 da boshlanadi) pley-offning ikkinchi o‘yinida Germaniya – Daniya qarama-qarshiligiga guvoh bo‘lamiz.

Izohlar 0

Izoh qoldirish uchun saytda ro'yxatdan o'ting

Kirish

Ijtimoiy tarmoqlar orqali kiring