Android qurilmalar uchun Xabar.uz mobil ilovasi. Yuklab olish ×
IOS qurilmalar uchun Xabar.uz mobil ilovasi. Yuklab olish ×

Yevro-2024 markaziy o‘yinida Fransiya muvaffaqiyat qozondi

Yevro-2024 markaziy o‘yinida Fransiya muvaffaqiyat qozondi

Fransiya terma jamoasi Germaniyada bo‘lib o‘tayotgan futbol bo‘yicha Yevropa chempionati 1/8 finalida Belgiyani mag‘lub etdi.

Dyusseldorfda bo‘lib o‘tgan uchrashuv 1:0 hisobida yakunlandi, g‘alabaga yana avtogol sabab bo‘ldi. 

85-daqiqada Randal Kolo-Muanining yaqin burchakka yo‘llagan zarbasidan so‘ng to‘p Belgiya terma jamoasi himoyachisi Yan Vertongenga tegib, darvoza to‘ridan joy oldi. 

Chorak finalda Fransiya Portugaliya – Sloveniya o‘yini g‘olibi bilan to‘qnash keladi.

Izohlar 0

Izoh qoldirish uchun saytda ro'yxatdan o'ting

Kirish

Ijtimoiy tarmoqlar orqali kiring