Android qurilmalar uchun Xabar.uz mobil ilovasi. Yuklab olish ×
IOS qurilmalar uchun Xabar.uz mobil ilovasi. Yuklab olish ×

Yevro-2024: Ispaniya Xorvatiya ustidan ishonchli g‘alaba qozondi

Yevro-2024: Ispaniya Xorvatiya ustidan ishonchli g‘alaba qozondi

Foto: Chempionat

Futbol bo‘yicha Yevropa chempionati B guruhidan o‘rin olgan Ispaniya va Xorvatiya o‘rtasidagi 1-tur o‘yini yakuniga yetdi.

O‘yinning taqdiri birinchi taymdayoq hal bo‘ldi. 29-daqiqada Alvaro Morataning goli Ispaniya terma jamoasini oldinga olib chiqdi. Oradan uch daqiqa o‘tib Fabian Ruis o‘z goli bilan oradagi farqni kattalashtirdi. 45+2-daqiqada Lamin Yamalning uzatmasini Daniel Karvaxal xorvatlar darvozasiga joylab qo‘ydi.

Ikkinchi taym teng kurashlar ostida o‘tdi. Ispaniya darvozasiga belgilangan penaltini xorvatlar golga aylantira olishmadi.

Yevro-2024. B guruhi. 1-tur

Ispaniya — Xorvatiya 3:0

15-iyun, «Olimpiashtadion, Berlin

Gollar: Morata (29), Ruis (32), Danel Karvaxal (45+2).

Bugun oqshom, soat 23:59 da V guruhidagi ikkinchi o‘yinda Italiya va Albaniya kuch sinashadi.

Izohlar 0

Izoh qoldirish uchun saytda ro'yxatdan o'ting

Kirish

Ijtimoiy tarmoqlar orqali kiring