Android qurilmalar uchun Xabar.uz mobil ilovasi. Yuklab olish ×
IOS qurilmalar uchun Xabar.uz mobil ilovasi. Yuklab olish ×

Yevro-2024. Ispaniya amaldagi chempionni yengib, pley-offga chiqdi

Yevro-2024. Ispaniya amaldagi chempionni yengib, pley-offga chiqdi

Foto: Instagram/sefutbol

Futbol bo‘yicha Yevropa chempionatining 2-turida Gelzenkirxenda «o‘lim guruhi» nomini olgan B guruhi vakillari — Ispaniya va Italiya to‘qnashdi.

O‘yin davomida katta ustunlikka ega bo‘lgan Ispaniya terma jamoasi raqib himoyachisi Rikardo Kalafiorining 55-daqiqadagi avtogoli evaziga 1:0 hisobida g‘alaba qozondi.

Xorvatiya (3:0) va Italiya (1:0)ni mag‘lub etgan ispanlar 6 ochko to‘plab, muddatidan avval pley-offga yo‘l olishdi.

Guruhning so‘nggi turini Ispaniya Albaniyaga qarshi, Italiya Xorvatiyaga qarshi o‘tkazadi.

Eslatib o‘tamiz, Yevropaning so‘nggi chempioni Italiya (Yevro-2020) hisoblanadi.

Izohlar 0

Izoh qoldirish uchun saytda ro'yxatdan o'ting

Kirish

Ijtimoiy tarmoqlar orqali kiring