Xabarlar tezkor Telegram kanalimizda Obuna bo'lish ×

Yetti nafar sportchida doping aniqlandi

Yetti nafar sportchida doping aniqlandi

Foto: Kazinform.kz

Xabarning audio talqini

2021-yilning 9 oyi davomida 7 nafar sportchida doping aniqlandi. Ularning 3 nafari xalqaro musobaqa ishtirokchisi bo‘lgan.

Bu haqda AOKAda o‘tkazilgan brifingda Milliy antidoping agentligi axborot xizmati rahbari Humoyun Omonov ma’lumot berdi. 

Qayd etilishicha, agentlik tomonidan o‘tgan 9 oy davomida barcha sport turlari bo‘yicha o‘zbekistonlik sportchilardan 312 ta doping-sinamalar olindi va 4 ta sportchi taqiqlangan modda iste’mol qilganligi aniqlandi.

Bundan tashqari, 3ta xalqaro musobaqalarda ham doping-sinamalarni olish agentlikka ishonib topshirildi. Bunda 41 ta sportchilarda tekshiruvdan o‘tkazilib, ularning 3 nafari taqiqlangan modda iste’mol qilganligi ma’lum bo‘ldi.

Tokio-2020 yozgi Olimpiya va Paralimpiya o‘yinlari davomida barcha sportchilar qatori o‘zbekistonlik sportchilardan ham doping-sinamalar olindi.

O‘zbekistonlik olimpiya spotchilaridan jami 16 ta doping-sinama olinib, ulardan 11 tasi musobaqadan oldin va 5 tasi musobaqa davriga, ya’ni bevosita musobaqalar finalidan keyinga to‘g‘ri keldi.

Paralimpiya sportchilarimizdan esa jami 39 ta doping-sinama olindi, ulardan 21 tasi musobaqadan oldin va 18 tasi musobaqa davriga, ya’ni musobaqalar finalidan keyinga to‘g‘ri keldi. Musobaqadan oldin olingan tezkor doping-sinamalarning barchasida taqiqlangan moddalar aniqlanmaganligi bois sportchilarimiz bahslarda ishtirok etishdi.

Musobaqa sovrinli o‘rinlarga sazovor bo‘lgan jahon hamda olimpiya va paralimpiya rekordlarini o‘rnatgan sportchilarimiz doping-tekshiruvidan o‘tishdi. Odatda ular tezkor tahlil qilinmasligi bois natijalar belgilangan muddatlarda e’lon qilinadi.

Izohlar 0

Izoh qoldirish uchun saytda ro'yxatdan o'ting

Kirish

Ijtimoiy tarmoqlar orqali kiring