Xabarlar tezkor Telegram kanalimizda Obuna bo'lish ×

Eng kuchli MMA jangchilari reytingi tuzildi. Habib Nurmagomedov oltinchi!

Eng kuchli MMA jangchilari reytingi tuzildi. Habib Nurmagomedov oltinchi!

Foto: «Esquire.kz»

CBS talqiniga ko‘ra mazkur sport turining eng kuchli vakillari ro‘yxati tuzildi. Bu haqda Amerika telekanali saytida xabar berildi.

Amerikalik Jon Jons eng yaxshi jangchi deb e’tirof etilgan. Ikkinchi o‘rinni braziliyalik Anderson Silva egallagan bo‘lsa, uchinchi o‘rin kanadalik Jorj Sen-Perga nasib etdi.

Rossiyalik aralash yakkakurash (MMA) jangchisi 43 yoshli Fyodor Yemelyanenko reytingdagi to‘rtinchi o‘rinni zabt etdi. 31 yoshli Habib Nurmagomedov esa oltinchi pog‘onadan joy egalladi.

Yemelyanenko MMAda karerasini 2000-yilda boshlagan. Og‘ir vaznli jangchi o‘zining oxirgi kurashini 2019-yil dekabrda o‘tkazib, «Bellator» musobaqasida Kuinton Jeksonni nokautga uchratdi. Sportchining hisobida MMAda jami 39 ta g‘alaba va 6 ta mag‘lubiyat bor, bitta jang o‘tkazilmagan deya hisoblangan.

Yengil vaznda «Ultimate Fighting Championship» (UFC)ning amaldagi chempioni Habib Nurmagomedov hisobida MMAda 28 ta jangda 28 ta g‘alaba mavjud. Rossiyalik sportchi oxirgi marta o‘tgan yilning sentyabr oyida oktagonga chiqib, Dastin Pore ustidan g‘alab qozongan.

Izohlar 0

Izoh qoldirish uchun saytda ro'yxatdan o'ting

Kirish

Ijtimoiy tarmoqlar orqali kiring