Android qurilmalar uchun Xabar.uz mobil ilovasi. Yuklab olish ×
IOS qurilmalar uchun Xabar.uz mobil ilovasi. Yuklab olish ×

Eldor Shomurodov «Roma» safida gol urdi, ammo...

Eldor Shomurodov «Roma» safida gol urdi, ammo...

Yakshanba kuni tunda Rimdagi «Olimpiko» stadionida futbol bo‘yicha Italiya chempionatining 2024/2025 yilgi mavsumi 2-tur uchrashuvi bo‘lib o‘tdi. Unda «Roma» va «Empoli» klublari to‘qnash keldi.

Birinchi bo‘lim oxirida «Empoli» hisobni ochdi: Lorenso Kolomboning uzatmasidan keyin Emmanuel Gyasi boshi bilan to‘pni darvozaga kiritdi.

Uchrashuvning 61-daqiqasida Kolombo penaltini aniq amalga oshirib, hisobdagi farqni ikkitaga yetkazdi.

«Roma» bahsning 77-daqiqasida Eldor Shomurodovni zahiradan maydonga tushirdi. Hamyurtimiz 81-daqiqada gol muallifi bo‘ldi: Tommaso Baldansi oshirgan to‘pni Eldor boshi bilan darvozaning pastki o‘ng burchagiga joylab qo‘ydi. Qolgan daqiqalarda «Roma» hisobda o‘zgarish qila olmadi va mag‘lubiyatga uchradi.

«Empoli» turnir jadvalida oltinchi o‘ringa ko‘tarilib oldi, «Roma» esa 15-o‘ringa tushib ketdi.

Izohlar 0

Izoh qoldirish uchun saytda ro'yxatdan o'ting

Kirish

Ijtimoiy tarmoqlar orqali kiring