Xabarlar tezkor Telegram kanalimizda Obuna bo'lish ×

EChL va YeL musobaqalari «8 final formati»da Lissabonda tugatib qo‘yilishi mumkin

EChL va YeL musobaqalari «8 final formati»da Lissabonda tugatib qo‘yilishi mumkin

UYeFA tashkiloti Yevropa Chempionlar ligasi hamda Yevropa Ligasi musobaqalarini oxiriga yetkazib qo‘yish ustida ish olib bormoqda. 17 iyun kuni Ijroqo‘m qaysi kunlari mazkur musobaqalar o‘tishini aniqlab oladi. Bu haqda Uff.uz xabar berib o‘tdi.

Variantlardan biri sifatida «8 final formati» ko‘rib chiqilmoqda. Ya’ni, 1/4 finalga yetib borganlar faqatgina bir marta o‘yin o‘tkazishadi. Jamoalar Lissabon shahrida yashashadi. Ularga shug‘ullanish uchun stadion va turish uchun mehmonxonalar taqdim etiladi.

Bunday qilishdan maqsad — samolyotlarda ortiqcha uchib, vaqt yo‘qotishning oldini olishdan iborat.

Izohlar 0

Izoh qoldirish uchun saytda ro'yxatdan o'ting

Kirish

Ijtimoiy tarmoqlar orqali kiring