Android qurilmalar uchun Xabar.uz mobil ilovasi. Yuklab olish ×
IOS qurilmalar uchun Xabar.uz mobil ilovasi. Yuklab olish ×

Buffon «Barselona»ga keladimi?..

Buffon «Barselona»ga keladimi?..

Foto: «Sportbox»

Turinning «Yuventus» klubi posboni, 43 yoshli Janluiji Buffon Ispaniya chempionatida to‘p surayotgan jamoalardan biriga o‘tishi mumkinligi haqida bugun, 12-iyun kuni «Tuttomercatoweb» xabar berdi.

Ma’lumotni ulashgan manbaga ko‘ra, Buffonga Madridning «Atletiko» hamda Kataloniyaning «Barselona» jamoalari qiziqish bildirgan. Bundan tashqari, turinliklarning eng yoshi ulug‘ o‘yinchisi o‘z futbolchilik faoliyatini boshlagan «Parma»ga qaytishi ehtimoli ham yo‘q emas, deyiladi xabarda.

Ma’lumot uchun: Janluiji Buffon «Yuventus» tarkibida 2001-yildan beri o‘ynab keladi (o‘rtada «PSJ»ga ham borib keldi). Oxirgi mavsumda 12 o‘yinda maydonga tushib 7 ta gol o‘tkazib yubordi. Turinliklar safida 10 marotaba Italiya chempioni, 4 marta mamlakat kubogi, 6 karra Superkubokni qo‘lga kiritgan.

Izohlar 0

Izoh qoldirish uchun saytda ro'yxatdan o'ting

Kirish

Ijtimoiy tarmoqlar orqali kiring