Bosh prokuror, kurash federatsiyasi rahbari Nig‘matilla Yo‘ldoshev yana bir lavozimga saylandi
Bosh prokuror, O‘zbekiston kurash federatsiyasi rahbari Nig‘matilla Yo‘ldoshev O‘zbekiston sport kurashlari assotsiatsiyasi raisi etib saylandi.
Bu haqda Milliy Olimpiya qo‘mitasi axborot xizmati ma’lum qildi.
Xabarda aytilishicha, bugun, 14 yanvar kuni Qo‘mitada O‘zbekiston sport kurashlari assotsiatsiyasining navbatdan tashqari hisobot-saylov konferensiyasi bo‘lib o‘tgan. Assotsiatsiyaga yangi rahbar saylash kun tartibidan o‘rin olgan mazkur tadbirda Sport vaziri Adham Ikramov hamda tegishli vazirlik va idorlardan vakillar qatnashgan.
Tadbirda so‘z olganlar, jumladan, N.Yo‘ldoshevning sport boshqaruvi sohasida to‘plagan tajribasi mamlakatda sport kurashlari rivojini ham yangi bosqichga olib chiqishda asqatishini ta’kidladi. Yig‘ilish ishtirokchilari bir ovozdan Nig‘matilla Yo‘ldoshev nomzodini ma’qulladi va uni assotsiatsiya raisi etib sayladi.
Eslatib o‘tamiz, shu kunga qadar O‘zbekiston sport kurashlari assotsiatsiyasi raisi lavozimida 2024 yil 19 mart kuni jinoyat ishlari bo‘yicha Mirobod tuman sudi hukmi bilan 6 yil muddatga ozodlikdan mahrum qilingan va joriy yilning 12 yanvarida sog‘ligidagi muammolari tufayli qamoqdan ozod qilingan Salim Abduvaliyev (Salimboyvachcha) ishlab kelgan.
Izoh qoldirish uchun saytda ro'yxatdan o'ting
Kirish
Ijtimoiy tarmoqlar orqali kiring
FacebookTwitter