Android qurilmalar uchun Xabar.uz mobil ilovasi. Yuklab olish ×
IOS qurilmalar uchun Xabar.uz mobil ilovasi. Yuklab olish ×

Boksda yana bir yo‘qotish. Mirazizbek Mirzahalilov yutqazib qo‘ydi

Boksda yana bir yo‘qotish. Mirazizbek Mirzahalilov yutqazib qo‘ydi

Yaponiyaning Tokio shahrida o‘tayotgan Olimpiya o‘yinlari doirasida bugun ikki nafar bokschimiz ham ringga ko‘tarilishi belgilangandi.

Jumladan, -57 kg vazn toifasidagi vakilimiz Mirazizbek Mirzahalilov irlandiyalik Entoni Uolkerga qarshi jang qildi.

Jangda hamyurtimiz mag‘lubiyatga uchradi va katta musobaqani juda erta tark etdi.

Eslatib o‘tamiz, bokschilarimiz orasida bunga qadar Sanjar Tursunov dastlabki jangidayoq yutqazib qo‘ygandi.

Izohlar 0

Izoh qoldirish uchun saytda ro'yxatdan o'ting

Kirish

Ijtimoiy tarmoqlar orqali kiring