Android qurilmalar uchun Xabar.uz mobil ilovasi. Yuklab olish ×
IOS qurilmalar uchun Xabar.uz mobil ilovasi. Yuklab olish ×

Bektemir Meliqo‘ziyev AQShlik raqibini texnik nokautga uchratdi

Bektemir Meliqo‘ziyev AQShlik raqibini texnik nokautga uchratdi

Hamyurtimiz,  professional bokschi Bektemir Meliqo‘ziyev AQShning Kaliforniya shtatida tashkil etilgan boks oqshomida amerikalik Morgan Fitchga qarshi ringga ko‘tarildi. 

Bokschimizning uchinchi raundda chap qo‘lda yo‘llagan kuchli zarbasi evaziga raqib yerga o‘tirib qoldi. Shundan so‘ng referi jangni to‘xtatdi va Bektemir texnik nokaut evaziga g‘alaba qozondi. 

Shu tariqa Bektemir Meliqo‘ziyev professional boksdagi 7-jangida  7-g‘alabasiga (6tasi nokaut) erishdi.

Izohlar 0

Izoh qoldirish uchun saytda ro'yxatdan o'ting

Kirish

Ijtimoiy tarmoqlar orqali kiring