«Barselona» Xavini iste’foga chiqardi. Uning o‘rnini kim egallashi ma’lum
![«Barselona» Xavini iste’foga chiqardi. Uning o‘rnini kim egallashi ma’lum](https://static.xabaruz.com/crop/3/2/920__95_327881897.jpeg)
«Barselona» klubi bosh murabbiy Xavi mavsum yakunida iste’foga chiqarilishini rasman e’lon qildi.
«Barselona» klubi prezidenti Joan Laporta bugun o‘tgan yig‘ilishda Xavi Ernandesga jamoa bosh murabbiyligidan ketishini ma’lum qildi. Yig‘ilishda klub vitse-prezidenti Rafa Yuste, sport direktori Deku hamda Xavining yordamchilari Oskar Ernandes va Serxio Alegri ishtirok etdi, — deyiladi xabarda.
Yakshanba kuni «Sevilya»ga qarshi uchrashuv Xavining jamoadagi so‘nggi o‘yini bo‘ladi.
«Barselona» yaqin kunlarda yangi bosh murabbiyi nomini e’lon qiladi», — deyiladi klub xabarida. Ma’lumotlarga ko‘ra, nemis mutaxassisisi Hans Flik asosiy nomzod bo‘lib turibdi.
Izoh qoldirish uchun saytda ro'yxatdan o'ting
Kirish
Ijtimoiy tarmoqlar orqali kiring
FacebookTwitter