Android qurilmalar uchun Xabar.uz mobil ilovasi. Yuklab olish ×
IOS qurilmalar uchun Xabar.uz mobil ilovasi. Yuklab olish ×

«Barselona» va «Atletiko» bahsi «Real» foydasiga hal bo‘ldi

«Barselona» va «Atletiko» bahsi «Real» foydasiga hal bo‘ldi

Ispaniya chempionatining 35-turidan o‘rin olgan markaziy uchrashuvda «Barselona» o‘z maydonida «Atletiko»ni mag‘lub eta olmadi va turnir yetakchisi bo‘lib olish imkonini qo‘ldan boy berdi.

Bellashuv bir necha vaziyatlar yuzaga kelgan bo‘lsa-da, golsiz durang bilan yakun topdi. Ikki jamoaning ham darvozabonlari ishonchli o‘yin ko‘rsatishdi va har ikki jamoa 1 ochkodan ishlab oldi.

Durangdan so‘ng «Atletiko» 77 ochko bilan yetakchilikni saqlab qoldi. «Barselona» 75 ochko bilan 2-o‘ringa ko‘tarilib oldi. Biroq ertaga «Real» «Sevilya»ni mag‘lub eta olsa, ochkolari sonini «Atletiko»ga yetkazib, qo‘shimcha ko‘rsatkichlar bo‘yicha peshqadamlikni qo‘lga kiritadi.

Barselona — Atletiko 0:0

Barselona – ter Stegen, Alba, Mingesa (Arauxo, 46), Langle, Dest (Dembele, 75), Buskets (Moriba, 32), de Yong, Pedri (Serji Roberto, 75), Pike, Grizmann, Messi.

Atletiko – Oblak, Ermoso, Savich, Tripper, Felipe, Lorente, Karrasko, Lemar (Saul, 13; Felish, 67), Koke, Korrea (Kondogbia, 73), Suares.

Ogohlantirishlar: Saul (35), Felipe (46), Moriba (58), Koke (65), Pike (82), Alba (82).

Izohlar 0

Izoh qoldirish uchun saytda ro'yxatdan o'ting

Kirish

Ijtimoiy tarmoqlar orqali kiring