Xabarlar tezkor Telegram kanalimizda Obuna bo'lish ×

Bahodir Jalolovning imzoli qo‘lqopi kimoshdi savdosiga qo‘yildi

Bahodir Jalolovning imzoli qo‘lqopi kimoshdi savdosiga qo‘yildi

Olimpiada va jahon chempioni Bahodir Jalolov o‘zining imzolangan boks qo‘lqopini kimoshdi savdosiga taqdim etdi.

Jurnalist Abror Zohidovning ma’lum qilishicha, tushgan pullarning salmoqli qismi xorijda murakkab operatsiya uchun pul yig‘ilayotgan 13 yoshli Nuraziz Saidov uchun sarflanadi. Nurazizning o‘zi ham sport bilan shug‘ullangan, yaxshi natijalarga erishgan. Ammo endi oqqon degan og‘ir dard bilan kurashmoqda. Shuningdek, savdo hajmiga ko‘ra eng muhtoj deb topilgan boshqa bemor bolajonlar uchun ham hissa ajratiladi.

 Hozir taxminan 100 mln so‘m pul zarur... Auksion g‘olibiga sovrinni chempionning o‘zi topshirishi ham mumkin.

Shuningdek, g‘olibga bemor bolalardan minnatdorlik ramzi sifatida alohida sovg‘a ham borligi aytilmoqda.

Dastlabki narx 10 ming so‘m! Takliflarni xabarning izohida yoki https://t.me/Abror_Zohidov telegrami  orqali bevosita bildirishingiz mumkin.

Izohlar 0

Izoh qoldirish uchun saytda ro'yxatdan o'ting

Kirish

Ijtimoiy tarmoqlar orqali kiring