Android qurilmalar uchun Xabar.uz mobil ilovasi. Yuklab olish ×
IOS qurilmalar uchun Xabar.uz mobil ilovasi. Yuklab olish ×

Bahodir Jalolov yilning eng yaxshi erkak sportchisi bo‘ldi (foto)

Bahodir Jalolov yilning eng yaxshi erkak sportchisi bo‘ldi (foto)

Foto: «O‘zA»

Bugun poytaxtimizdagi «Navro‘z» tantanalar saroyida «Milliy sport mukofoti-2019» taqdirlash marosimi bo‘lib o‘tdi.

Quyida har bir nominatsiya g‘oliblari bilan tanishib chiqishingiz mumkin:

«Yilning eng yaxshi terma jamoasi»: Boks bo‘yicha O‘zbekiston milliy terma jamoasi.

«Yilning eng yaxshi federatsiyasi»: O‘zbekiston Milliy Paralimpiya assotsiatsiyasi.

«Sport tadbirlarini tashkil etish bo‘yicha eng yaxshi tashkilotchi»: O‘zbekiston taekvondo WTF assotsiatsiyasi.

«Joylarda (hududlarda) sportni rivojlantirishga qo‘shgan hissasi uchun»: Qoraqalpog‘iston Respublikasi.

«Sport sohasini rivojlantirishga qo‘shgan hissasi uchun»: «Qizilqum-sement» AJ.

«Yil kashfiyoti»: O‘zbekiston zamonaviy beshkurash federatsiyasi.

«Yilning eng yaxshi sport loyihasi»: «Humo-Arena» ko‘ptarmoqli muz saroyi.

«Eng faol sport targ‘ibotchisi»: Xilola Isakova, «MY5» telekanali muxbiri.

«Yilning eng yaxshi sport jurnalisti»: Zohid Karimov, «Sport» TV.

«Yilning eng yaxshi ijtimoiy roligi uchun»: Shuhrat Abdumanov.

«Yilning eng yaxshi sport shifokori»: Sunnatilla Yulchiyev – Respublika sport tibbiyoti ilmiy-amaliy markazi professori, travmatolog.

«Xalqaro maydonlarda o‘zbek sportini targ‘ib qilgani uchun»: Eldor Shomurodov.

«Yilning eng yaxshi paralimpiyachisi»: Timur Giyazov.

«Yilning eng yaxshi murabbiyi»: Ravshan Ro‘ziqulov – yunon-rum kurashi bo‘yicha O‘zbekiston terma jamoasi bosh murabbiyi.

«Yilning eng yaxshi yosh va istiqbolli sportchisi»: Zaynab Dayibekova – qilichbozlik (sablya) bo‘yicha O‘zbekiston terma jamoasi a’zosi.

«Yilning eng yaxshi hakami»: Tohir Gulyamov – sport kurashlari bo‘yicha xalqaro toifadagi hakam.

«Yilning eng yaxshi ayol sportchisi»: Dilnoza Rahmatova.

«Yilning eng yaxshi erkak sportchisi»: Bahodir Jalolov.

«Sport sohasidagi ko‘p yillik xizmatlari uchun»: Oksana Chusovitina.

Izohlar 0

Izoh qoldirish uchun saytda ro'yxatdan o'ting

Kirish

Ijtimoiy tarmoqlar orqali kiring