Android qurilmalar uchun Xabar.uz mobil ilovasi. Yuklab olish ×
IOS qurilmalar uchun Xabar.uz mobil ilovasi. Yuklab olish ×

17 yoshli O‘zbekiston chempioni Italiyada zo‘rlangani aytilmoqda

17 yoshli O‘zbekiston chempioni Italiyada zo‘rlangani aytilmoqda

Italiyalik uch qilichboz 17 yoshli qilichbozlik bo‘yicha O‘zbekiston chempionini zo‘rlaganlikda gumon qilinmoqda.

Hodisa o‘tgan yilning 4-5 avgust kunlari Toskana provinsiyasida sodir bo‘lgan, biroq bu haqda Siyena politsiyasi ishga aralashganidan keyingina ma’lum bo‘ldi, deb xabar bermoqda TRT telekanali.

Tergovchilar aniqlashicha, turli mamlakatlar sportchilari ishtirok etgan qilichbozlik bo‘yicha mashg‘ulot vaqtida zo‘rlash sodir bo‘lgan. Hodisa ishtirokchilarining ismlari oshkor etilmagan.

Ayblanuvchilarning ikki nafari hozirda tergov qilinmoqda, uchinchisi voyaga yetmagan. Ayblovlarning jiddiyligiga qaramay, Siyena prokuraturasi darhol tergovni boshlamadi, bu esa yirik xalqaro janjalga sabab bo‘ldi.

Jabrlangan qilichbozning yuridik vakili ayblanayotgan sportchilarga nisbatan chora ko‘rilmaganidan hafsalasi pir bo‘lganini va uchalasiga ham hech qanday sanksiya yoki musobaqa faoliyatidan chetlatish bo‘lmaganini ta’kidlagan.

Ish jiddiy tus ola boshlagach, Italiya qilichbozlik federatsiyasi tergov bilan hamkorlik qilishini e’lon qildi.

Izohlar 0

Izoh qoldirish uchun saytda ro'yxatdan o'ting

Kirish

Ijtimoiy tarmoqlar orqali kiring