Xabarlar tezkor Telegram kanalimizda Obuna bo'lish ×

Shavkat Mirziyoyev Moskva viloyatidagi terakt munosabati bilan Putinga ta’ziya yo‘lladi

Shavkat Mirziyoyev Moskva viloyatidagi terakt munosabati bilan Putinga ta’ziya yo‘lladi

Foto: Prezident matbuot xizmati

Prezident Shavkat Mirziyoyev Rossiyaning Moskva viloyatidagi «Krokus Siti Xoll» konsert zalida sodir bo‘lgan fojia oqibatida o‘nlab begunoh insonlar qurbon bo‘lgani va jiddiy jarohat olgani munosabati bilan Prezident Vladimir Putinga ta’ziya yo‘lladi. Bu haqda Prezident matbuot xizmati xabar berdi.

Maktubda O‘zbekiston tinch aholiga qarshi qaratilgan bu terrorchilik harakatini qat’iy qoralashi bildirilgan.

Davlatimiz rahbari vafot etganlarning yaqinlariga bardamlik, barcha jarohat olganlar tez fursatda sog‘ayib ketishini tiladi.

Izohlar 0

Izoh qoldirish uchun saytda ro'yxatdan o'ting

Kirish

Ijtimoiy tarmoqlar orqali kiring