Android qurilmalar uchun Xabar.uz mobil ilovasi. Yuklab olish ×
IOS qurilmalar uchun Xabar.uz mobil ilovasi. Yuklab olish ×

Tramp va Putin ilk bor rasmiy telefon muloqoti o‘tkazdi

Tramp va Putin ilk bor rasmiy telefon muloqoti o‘tkazdi

AQSh prezidenti Donald Tramp va Rossiya prezidenti Vladimir Putin o‘zaro telefon orqali muloqot qildi

CNN ma’lumotlariga ko‘ra, prezidentlar bir yarim soat davomida telefon muloqoti o‘tkazgan.

Putinning matbuot kotibi Dmitriy Peskovning aytishicha, Rossiya prezidenti Trampni Moskvaga taklif qilgan va Ukrainada uzoq muddatli kelishuvga muzokaralar orqali erishish mumkinligiga kelishib olgan.

«Biz birga ishlashga, jumladan, bir-birimizning mamlakatlariga tashrif buyurishga kelishib oldik. Shuningdek, tegishli jamoalarimiz muzokaralarni zudlik bilan boshlashiga kelishib oldik va suhbatni Ukraina prezidenti Zelenskiyga qo‘ng‘iroq qilib, suhbat haqida xabardor qilishdan boshlaymiz, buni hozir qilaman», - dedi Tramp.

Qayd etish joiz, bu ikki davlat rahbarlarining telefon orqali birinchi rasmiy muloqoti hisoblanadi.

Izohlar 0

Izoh qoldirish uchun saytda ro'yxatdan o'ting

Kirish

Ijtimoiy tarmoqlar orqali kiring