Xabarlar tezkor Telegram kanalimizda Obuna bo'lish ×

Shavkat Mirziyoyev Yaponiya parlamentining quyi palatasida bo‘ldi (foto)

Shavkat Mirziyoyev Yaponiya parlamentining quyi palatasida bo‘ldi (foto)

Foto: Prezident matbuot xizmati

O‘zbekiston Respublikasi prezidenti Shavkat Mirziyoyevning Yaponiyaga tashrifi uchinchi kuni ushbu mamlakat parlamentining quyi palatasida uchrashuvdan boshlandi, deb xabar bermoqda prezident matbuot xizmati.

Davlatimiz rahbari Vakillar palatasi raisi Tadamori Osima bilan O‘zbekiston-Yaponiya parlamentlararo munosabatlarini yanada rivojlantirish masalalarini muhokama qildi.

Yaponiya parlamentining O‘zbekiston bilan do‘stlik ligasi faol ishlayotgani katta mamnuniyat bilan qayd etildi.

Kunchiqar mamlakatning parlamentarizm sohasidagi tajribasini o‘rganish bo‘yicha qo‘shma tadbirlar o‘tkazish va o‘zaro almashinuvlarni kengaytirishga kelishib olindi.

Uchrashuv so‘ngida O‘zbekiston Prezidenti Yaponiya parlamenti quyi palatasi spikeriga yurtimizda ilk bor o‘zbek tiliga tarjima qilingan va chop etilgan Yaponiya Konstitutsiyasining birinchi nusxasini sovg‘a qildi.

Shavkat Mirziyoyev Vakillar palatasi majlislari o‘tadigan asosiy zal bilan ham tanishdi.

Izohlar 0

Izoh qoldirish uchun saytda ro'yxatdan o'ting

Kirish

Ijtimoiy tarmoqlar orqali kiring