Android qurilmalar uchun Xabar.uz mobil ilovasi. Yuklab olish ×
IOS qurilmalar uchun Xabar.uz mobil ilovasi. Yuklab olish ×

Shavkat Mirziyoyev Qozog‘istonga boradi

Shavkat Mirziyoyev Qozog‘istonga boradi

O‘zbekiston prezidenti Shavkat Mirziyoyev Qozog‘iston prezidenti Qosim-Jo‘mart To‘qayevning taklifiga binoan 5-6 dekabr kunlari davlat tashrifi bilan Qozog‘istonda bo‘ladi. Bu haqda davlat rahbari matbuot xizmati ma’lum qildi.

Tashrif dasturiga muvofiq, Nur-Sulton shahrida oliy darajadagi uchrashuv va muzokaralar bo‘lib o‘tadi, ularda ikki xalq o‘rtasidagi do‘stlik, yaxshi qo‘shnichilik va strategik sheriklik munosabatlarini yanada mustahkamlash yo‘llari ko‘rib chiqiladi.

Shuningdek, siyosiy muloqot va savdo-iqtisodiy hamkorlikni kengaytirish, iqtisodiyotning turli tarmoqlarida amaliy aloqalar va aniq kooperatsiya loyihalarini ilgari surish, madaniy-gumanitar almashinuv dasturlarini faollashtirishning dolzarb masalalari ham kun tartibiga kiritilgan.

Bundan tashqari, O‘zbekiston va Qozog‘iston yetakchilari xalqaro masalalar yuzasidan fikr almashadilar va mintaqaviy integratsiyaning asosiy yo‘nalishlarini muhokama qiladilar.

Sammit yakunida salmoqli ikki tomonlama hujjatlar to‘plamini imzolash rejalashtirilgan.

Tashrif arafasida Nur-Sultonda ikki mamlakat yetakchi kompaniya va tadbirkorlari ishtirokida biznes-forum ham o‘tkaziladi.

Izohlar 0

Izoh qoldirish uchun saytda ro'yxatdan o'ting

Kirish

Ijtimoiy tarmoqlar orqali kiring