Xabarlar tezkor Telegram kanalimizda Obuna bo'lish ×

Shavkat Mirziyoyev Janubiy Koreya va Rossiyaga rasmiy tashrif bilan borishi kutilmoqda

Shavkat Mirziyoyev Janubiy Koreya va Rossiyaga rasmiy tashrif bilan borishi kutilmoqda

Bugun Prezident matbuot kotibi Sherzod Asadov ommaviy axborot vositalari uchun brifing o‘tkazdi. Brifing davomida ma’lum bo‘lishicha, Shavkat Mirziyoyevning Janubiy Koreya va Rossiya davlatlariga amalga oshiradigan rasmiy tashrifiga tayyorgarlik ishlari olib borilmoqda.

Xususan, 5 aprel kuni Shavkat Mirziyoyev Rossiya Federatsiyasi sanoat va savdo vaziri Denis Manturov boshchiligidagi delegatsiyani qabul qilgan edi. Uchrashuv davomida joriy yilda epidemiologik vaziyatdan kelib chiqib Prezidentimizning Rossiyaga rasmiy tashrifini tashkil etish rejalashtirilayotgani, bo‘lajak muzokaralarga tomonlar puxta tayyorgarlik ko‘rayotgani qayd etilgan.

Shuningdek, 6 aprel kuni Shavkat Mirziyoyev Koreya Respublikasi parlamentining Milliy Assambleya Spikeri Pak Byon Sok boshchiligidagi delegatsiya bilan ham muloqotda bo‘ldi. Uchrashuv davomida O‘zbekiston koreys ishbilarmonlarini har tomonlama qo‘llab-quvvatlashi ta’kidlab o‘tildi.

«Janubiy Koreya parlamenti nufuzli delegatsiyasining tashrifi O‘zbekiston Prezidentining ushbu mamlakatga tashrifiga tayyorgarlik ko‘rishning bosqichlaridan biri bo‘ldi, deb aytish mumkin», — deya ma’lum qildi Sherzod Asadov.

Izohlar 0

Izoh qoldirish uchun saytda ro'yxatdan o'ting

Kirish

Ijtimoiy tarmoqlar orqali kiring