Android qurilmalar uchun Xabar.uz mobil ilovasi. Yuklab olish ×
IOS qurilmalar uchun Xabar.uz mobil ilovasi. Yuklab olish ×

Senatning yalpi majlisi qanday ruhda o‘tmoqda? (foto)

Senatning yalpi majlisi qanday ruhda o‘tmoqda? (foto)

Foto:«Xabar.uz»

Ayni damda Oliy Majlisi Senatining yigirma to‘rtinchi yalpi majlisi o‘z ishini davom ettirmoqda.

Yalpi majlis kun tartibiga 19 masala kiritilgan bo‘lib, shundan o‘ntasi qonunlardir.

Shuningdek, O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining «Faol investitsiyalar va ijtimoiy rivojlanish yili» Davlat dasturining 2019-yil uchinchi choragidagi ijrosi yuzasidan hisoboti, O‘zbekiston Respublikasi Davlat budjetining 2019-yilgi xarajatlariga o‘zgartish kiritish, Samarqand viloyatining Samarqand shahri va Samarqand tumani chegaralarini o‘zgartirish to‘g‘risidagi masalalar ko‘rib chiqiladi.

«Xabar.uz» ushbu majlisdan fotoreportaj tayyorladi. 

Izohlar 0

Izoh qoldirish uchun saytda ro'yxatdan o'ting

Kirish

Ijtimoiy tarmoqlar orqali kiring