Xabarlar tezkor Telegram kanalimizda Obuna bo'lish ×

Senatning o‘n oltinchi yalpi majlisi bo‘lib o‘tmoqda

Senatning o‘n oltinchi yalpi majlisi bo‘lib o‘tmoqda

Foto:«Senat.uz»

25-iyun kuni Toshkent shahrida O‘zbekiston Respublikasi Oliy Majlisi Senatining o‘n oltinchi yalpi majlisi o‘z ishini boshladi.

Unda senatorlar, Vazirlar Mahkamasi mutasaddilari, vazirlik va idoralar rahbarlari, Senat huzuridagi Yoshlar parlamenti a’zolari hamda ommaviy axborot vositalari vakillari ishtirok etmoqda.

Videokonferensaloqa tarzida o‘tkazilayotgan yalpi majlisni O‘zbekiston Respublikasi Oliy Majlisi Senati Raisi Tanzila Narbayeva olib bormoqda.

Majlisda «Rasmiy statistika to‘g‘risida»gi, «Vijdon erkinligi va diniy tashkilotlar to‘g‘risida»gi, «Sudlar to‘g‘risida»gi, «O‘zbekiston Respublikasining davlat tili to‘g‘risida»gi O‘zbekiston Respublikasi Qonuniga o‘zgartish va qo‘shimchalar kiritish haqida»gi, «2021-yil uchun O‘zbekiston Respublikasining Davlat budjeti to‘g‘risida»gi O‘zbekiston Respublikasi Qonuniga o‘zgartishlar kiritish haqida»gi, «Jinoiy faoliyatdan olingan daromadlarni legallashtirishga qarshi kurashish tartibi yanada takomillashtirilishi munosabati bilan O‘zbekiston Respublikasining ayrim qonun hujjatlariga o‘zgartish va qo‘shimchalar kiritish to‘g‘risida»gi O‘zbekiston Respublikasi qonunlari muhokama qilinishi nazarda tutilgan. 

Izohlar 0

Izoh qoldirish uchun saytda ro'yxatdan o'ting

Kirish

Ijtimoiy tarmoqlar orqali kiring