Xabarlar tezkor Telegram kanalimizda Obuna bo'lish ×

Senat Raisining birinchi o‘rinbosari YeXHTning Demokratik institutlar va inson huquqlari bo‘yicha byurosi direktori bilan uchrashdi

Senat Raisining birinchi o‘rinbosari YeXHTning Demokratik institutlar va inson huquqlari bo‘yicha byurosi direktori bilan uchrashdi

Foto: «Senat.uz»

Senat Raisining birinchi o‘rinbosari Yevropada xavfsizlik va hamkorlik tashkilotining Demokratik institutlar va inson huquqlari bo‘yicha byurosi direktori bilan uchrashdi. Bu haqda O‘zbekiston Respublikasi Oliy Majlisi Senatining Axborot xizmati xabar berdi.

2021-yil 29-aprel kuni O‘zbekiston Respublikasi Oliy Majlisi Senati Raisi birinchi o‘rinbosari S. Safoyev Yevropada xavfsizlik va hamkorlik tashkilotining Demokratik institutlar va inson huquqlari bo‘yicha byurosi direktori (YeXHT DIIHB) M. Mekachchi boshchiligidagi delegatsiyasi a’zolari bilan uchrashdi.

Tomonlar so‘nggi yillarda ikki tomonlama munosabatlar va o‘zaro muloqot yangi sifat darajasiga ko‘tarilganligini qayd etdilar.

M.Mekachchi O‘zbekistondagi demokratik islohotlarga yuqori baho berib, o‘zaro aloqalarni yanada rivojlantirishga tayyorligini ma’lum qildi.

Uchrashuvda xalqaro standartlar va eng yaxshi xorij amaliyoti asosida O‘zbekistonda saylov to‘g‘risidagi milliy qonun hujjatlarini takomillashtirish bo‘yicha olib borilgan ishlar haqida qisqa axborot berildi.

YeXHT DIIHB direktori joriy yil oktyabr oyida bo‘lib o‘tadigan Prezident saylovlariga tayyorgarlik ko‘rish va o‘tkazish jarayonida DIIHB o‘zaro hamkorlik qilishga tayyor ekanini bildirdi.

M. Mekachchi saylov jarayoni demokratik prinsiplar va standartlarga muvofiq o‘tishi uchun O‘zbekistonda saylov tizimini yanada takomillashtirish masalalariga berilayotgan e’tiborni yuqori baholadi.

Tomonlar hamkorlik va o‘zaro munosabatlarni yanada chuqurlashtirishga tayyor ekanliklarini bildirib, o‘zaro manfaatli masalalar yuzasidan fikr almashdi.

Tashrif davomida YeXHT DIIHB ekspertlari siyosiy partiyalar, bir qator idoralar, NNT rahbarlari, OAV va O‘zbekistondagi xalqaro tashkilotlar vakillari bilan ham uchrashuvlar o‘tkazadi.

Izohlar 0

Izoh qoldirish uchun saytda ro'yxatdan o'ting

Kirish

Ijtimoiy tarmoqlar orqali kiring