Android qurilmalar uchun Xabar.uz mobil ilovasi. Yuklab olish ×
IOS qurilmalar uchun Xabar.uz mobil ilovasi. Yuklab olish ×

Prezidentni rasmiy kutib olish marosimi bo‘ldi (foto)

Prezidentni rasmiy kutib olish marosimi bo‘ldi (foto)

Foto: Prezident matbuot xizmati

Bugun, 27 yanvar kuni Bishkekdagi «Ala-Archa» qarorgohida davlat tashrifi bilan Qirg‘izistonda bo‘lib turgan O‘zbekiston Respublikasi Prezidentini rasman kutib olish marosimi bo‘ldi.

Oliy martabali mehmon sharafiga faxriy qorovul saf tortdi. Ikki mamlakatning davlat madhiyalari yangradi.

Prezidentlar Shavkat Mirziyoyev va Sadir Japarov faxriy qorovul safi oldidan o‘tib, rasmiy delegatsiyalar a’zolarini bir-biriga tanishtirdilar. Birgalikda suratga tushildi.

Ayni daqiqalarda davlat rahbarlarining tor doiradagi muzokaralari o‘tmoqda.

Izohlar 0

Izoh qoldirish uchun saytda ro'yxatdan o'ting

Kirish

Ijtimoiy tarmoqlar orqali kiring